← cd ../projects
Telegram TTS Bot
Ishlab chiqilmoqdaPythonaiogram
O'zbek va koreys tillari aralashgan matndan yagona MP3 audio yasaydigan Telegram bot. Matnni til bo'yicha bo'laklarga ajratadi, har birini alohida ovozlantiradi va bitta faylga birlashtiradi.
Kodni ko'rish — GitHub →Loyiha jurnali
8-avgust 2026
Loyiha haqidaBu dastur Telegram bot bo'lib, foydalanuvchi yuborgan matndan avtomatik audio yaratadi. Bot aralash Uzbek va Korean matnlarni qabul qiladi, ularni til bo'yicha ajratadi, har bir qism uchun mos ovoz tanlaydi va yakunda bitta MP3 fayl qilib foydalanuvchiga yuboradi.
Bot foydalanuvchi bilan quyidagi tartibda ishlaydi:
1. Foydalanuvchi /start yuboradi.
2. Bot foydalanuvchini bazaga saqlaydi.
3. Agar admin hali ruxsat bermagan bo'lsa, foydalanuvchi kutish holatida qoladi.
4. Admin /admin panel orqali foydalanuvchiga ruxsat beradi.
5. Shundan keyin foydalanuvchi menyuda 🎧 Audio lug'at yaratish tugmasini ishlata oladi.
6. Foydalanuvchi matn yuboradi.
7. Bot foydalanuvchi bloklangan yoki bloklanmaganini tekshiradi.
8. Agar foydalanuvchi ruxsatli va bloklanmagan bo'lsa, matndan audio tayyorlanadi.
9. Tayyor bo'lgan MP3 foydalanuvchiga audio ko'rinishida yuboriladi.
10. Yuborilgan vaqtinchalik audio fayl avtomatik o'chiriladi.
11. Bot yana asosiy menyuni ko'rsatadi.
• Uzbek va Korean aralash matn bilan ishlaydi
• Matnni til bo'yicha segmentlarga ajratadiTelegram'da ulashish
Izohlar
izoh yozish uchun ismingizni kiritasiz
Hali izoh yo'q — birinchi bo'lib fikringizni yozing.