Men haqimda

Men Og'abek Yoqubjonov — WhiteHacker nomi bilan tanilgan Full Stack Web Developer. Dasturlashni 2023-yilning iyulida boshladim. iFraganus IT o'quv markazida frontend va backendni bir vaqtda o'qib, bir yil ichida tugatdim: interfeys tomonda HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript va React; server tomonda Python, Django, DRF va PostgreSQL.

Yonimdagi ro'yxat — o'zim o'rganib, tushunib yozadigan narsalarim. Undan tashqaridagi texnologiyalarni AI bilan birga ishlataman: vazifani tavsiflab, kodni birga yozamiz va natijani sinab ko'raman. Shu yo'l bilan web'dan tashqari mobil ilovalar ham chiqardim. Nimani o'zim yozganimni va nimada AI yordam berganini yashirmayman — loyihalar bo'limi ham shunga qarab ajratilgan.

O'sha markazda boshlovchilarga dars beraman: algoritm asoslaridan (C++) frontend va backendgacha to'liq kurs. 2025-yilda markaz asoschisi ochgan yangi kompaniyada bir muddat loyiha menejeri bo'lib ishladim.

TECH STACK

ALGORITM ASOSI
C++
FRONTEND
HTMLCSSBootstrapJavaScriptReact
BACKEND
PythonDjangoDRF
BAZA
PostgreSQL

Yo'l tarixi

2026
AI bilan ko'p platformali ishlab chiqishO'rgangan asosim ustiga AI'ni qo'shdim — endi faqat web emas, mobil ilovalar ham chiqaraman.
2025
Loyiha menejeriMarkaz asoschisi ochgan yangi kompaniyada bir muddat PM bo'lib ishladim, shu bilan birga dars berishni davom ettirdim.
2024
Frontend va backend — bir yildaiFraganus IT o'quv markazida ikkala yo'nalishni birga o'qib tugatdim va o'sha yerda dars bera boshladim.
2023
Dasturlashga birinchi qadam15-iyulda boshladim. Dastlabki ikki oy poydevor sifatida C++ va algoritm asoslari.