← cd ../projects
Davomat — Face ID
Ishlab chiqilmoqdaPythonFlaskOpenCVface_recognition
Yuz tanish orqali davomatni belgilaydigan tizim. Kamera oqimini uzluksiz o'qiydi, yuzni bazadagi profillar bilan solishtiradi va davomat kundaligini yuritadi.
Kodni ko'rish — GitHub →Loyiha jurnali
8-avgust 2026
Loyiha haqidaBitta Python/Flask xizmati (webapp/server.py), quyidagilarni birlashtiradi:
• Face ID modul (facestore.py, cameraworker.py, cameramanager.py, config.py) — bir nechta kamerani parallel o'qiydi, yuzlarni taniydi, faces/.jpg fayllari bilan solishtiradi.
• Davomat veb-ilovasi (webapp/static/) — sinflar, o'quvchilar, kunlik/ haftalik/oylik davomat, statistika va jurnal tarixi sahifalari (SQLite bazasida saqlanadi: webapp/davomat.db).
Ikkalasi ham bitta jarayonda, bitta portda (standart: 5050) ishlaydi.
Har o'quv yili oxirida sinflar "ko'tariladi" (1-A → 2-A). Agar buni sinf raqamini to'g'ridan-to'g'ri yangilash orqali qilsa, unique to'qnashuv (collision) chiqadi — chunki "2-A" allaqachon mavjud bo'ladi. Shuning uchun sinf doimiy identifikator sifatida saqlanadi, uning sinf raqami esa alohida, har yili yangilanadigan qiymat:
• grades jadvali — sinf raqamlari (1, 2, 3, ... — cheklov yo'q, xohlagancha, masalan 13-yillik tizim ham bo'lishi mumkin), har biriga smena (1/2) va kelish kunlari biriktirilgan.
• letters jadvali — harflar ("A", "B", "D", yoki xohlagan nom: "R", "H", "G"...).Telegram'da ulashish
Izohlar
izoh yozish uchun ismingizni kiritasiz
Hali izoh yo'q — birinchi bo'lib fikringizni yozing.